“Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si endi Chirchiq shahrida

News image

Bugun Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida neft va gaz, elektr energiyasi, kimyo, tekstil, charm-poyabzal, elektr texnika va qurilish materiallari sanoati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishtirokida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si boshlandi. Unda respublika hududlaridan jami 978 nafar mahalliy ishlab chiqaruvchi 4 ming 421 turdagi mahsulotni namoyish qilmoqda.

Yarmarkaning birinchi kunida eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari va sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida taqdimotlar qilinadi.

1.jpg

Shuningdek, kun davomida “Cooperation.uz” elektron kooperatsiya portalining mohiyati, imkoniyatlari va shartnomalarni tuzish shartlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot beriladi.

“O‘zmetkombinat”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zeltexsanoat” va “O‘zqurilishmateriallari” uyushmalarining tarkibiga kiruvchi tashkilotlarningning mahalliylashtirish va kooperatsiya dasturi taqdimotlari ham bo‘lib o‘tadi.

2.jpg

Shu bilan birga, ko‘rgazmada namoyish etilgan va import qilinayotgan mahsulotlar namunalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirish bo‘yicha "B2B" shaklida muzokaralar olib borish va hamkorlik bitimlari tuzish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portali mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mazkur tadbirda 20 dan ortiq sanoat korxonaning 40 ga yaqin turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech