Hurmatli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar!

News image

Hukumat komissiyasining 2024-yil 11-maydagi 63-sonli bayoniga asosan Eksportni rag‘batlantirish agentligi o‘rniga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etilgan. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati korxonalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali ularni eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda eksportyor korxonalarni eksport hajmlarini oshirib borishga yordam berishga qaratilgan.

Hozirgi kunda eksporter korxonalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etilmoqda:

1) standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yo‘nalishlarida: muvofiqlik sertifikatlarini olish; mahsulot namunalarini xorijda va (yoki) O‘zbekiston Respublikasidagi laboratoriyalarda tekshirish, sinovdan o‘tkazish, xulosalar olish, xorijdagi laboratoriyalarga mahsulot namunalarini yetkazib berish, saqlash va (yoki) yo‘q qilish, shu jumladan, xorijiy xaridorlarning talablarini bajarish va eksport shartnomalari ijrosini ta’minlash;

2) sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini xarajatlarini qoplab berish yo‘nalishida eksport qiluvchilar quyidagi sug‘urta shartnomalariga asosan sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda kompensatsiya qilib beriladi: eksport shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligini sug‘urta qilish shartnomasi; eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sug‘urta qilish shartnomasi; eksport qiluvchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish krediti o‘z vaqtida qaytarilmasligidan sug‘urta qilish shartnomasi.

3) xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida: ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar; ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari) hujjatlari va namunalarini tegishli xorijiy vakolatli organlarga yetkazib berish;

4) moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qisman qoplab berish yo‘nalishida: milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish; xalqaro standartlarning moliyaviy hisobotlari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish; xalqaro hisobotlarni auditdan o‘tkazish;

5) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yo‘nalishlarida: ro‘yxatga olish yig‘imlari; ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish; elektr ta’minoti manbalariga ulanish, shu jumladan, elektr energiyasidan foydalanish va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar; reklama kampaniyalarini tashkil qilish;

6) ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish yo‘nalishida: a) Kompaniya tomonidan O‘zbekistonning yagona milliy stendi tashkil qilingan holatlarda (eksport qiluvchi tashkilotlar alohida o‘zi shaxsan ijaraga olgan maydonda qatnashgan holatlardan tashqari): ro‘yxatga olish yig‘imlari; ko‘rgazma maydonlarini (shu jumladan, stendlarni joylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hamda ko‘rgazma stendi va jihozlarini ijaraga olish; stendlarni ishlab chiqarish, montaj va demontaj qilish, qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalari va mebellarni ijaraga olish, friz yozuvi xizmati, stend dizaynini yaratish, autsorsing xizmatlari; elektr ta’minoti manbalariga ulanish, shu jumladan, elektr energiyasidan foydalanish; mahsulotlar namunalari va boshqa ko‘rgazma eksponatlarini xorijiy davlatdagi ko‘rgazma-yarmarka tadbirlari maydoniga yetkazib berish va O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish; qo‘shimcha ko‘rgazma xizmatlaridan foydalanish (stendni tozalash, qo‘riqlash, aloqa vositalarini ulash va ko‘rgazma eksponatlarini yo‘q qilish); salohiyatli import qiluvchi xaridorlarni topish uchun ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalar xizmatlaridan foydalanish; taqdimot materiallari, tarqatish uchun materiallar (broshyuralar, tashrif qog‘ozlari, bukletlar) tayyorlash; b) eksport qiluvchi tashkilotlar alohida o‘zi shaxsan ijaraga olgan maydonda qatnashgan holatlarda: ro‘yxatga olish yig‘imlari; ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olish;

7) xorijiy mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan o‘quv seminarlari, biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish yo‘nalishida: a) Kompaniya va Savdo sanoat palatasi tomonidan tashkil qilingan holatlarda: biznes-seminarlar, treninglar va forumlarda ishtirok etish (qatnashish to‘lovi, transport xarajati – ekonom klass uchun, mehmonxona xarajati – standart nomer uchun); savdo missiyalarini tashkil etish (transport va mehmonxona xarajatlari, xorijiy kompaniyalar, mutaxassislarning xizmat haqi, binoni ijaraga olish, texnik ta’minot, axborot-taqdimot materiallarini tayyorlash, esdalik sovg‘alari olish, kofe-breyklar tashkil etish, vakillik xarajatlari, delegatsiyaga chet elda hamrohlik qilish bo‘yicha xizmatlar haqi, uchrashuv, transfer, tarjimon, shu bilan birga ushbu xizmatlarni ko‘rsatishda autsorsing xizmatidan foydalanish); b) eksport qiluvchi tashkilotlar alohida o‘zi shaxsan qatnashgan holatlarda: qatnashish to‘lovi; transport xarajati – ekonom klass uchun; mehmonxona xarajati – standart nomer uchun;

8) mahalliy mahsulotlar, xizmatlar va brendlar (tovar belgilari) bo‘yicha raqamli reklamani xorijiy Internet jahon tarmog‘i axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish yo‘nalishida: qidiruv marketingini o‘tkazish (Search Engine Marketing – SEM); raqamli reklamani tayyorlash hamda xorijiy Internet jahon tarmog‘i axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, messenjerlar, onlayn o‘yinlarda joylashtirish, shuningdek, chet eldagi gazetalarda, biznes jurnallarda va kataloglarda nashr qilish; mahsulot va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalariga, shu jumladan, ularda ro‘yxatdan o‘tish va a’zo bo‘lish orqali joylashtirish;

9) mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda ko‘mak olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yo‘nalishida: mahsulot namunalarini pochta, kurerlik va transport kompaniyalari xizmatlaridan foydalangan holda yetkazib berish va O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish; mahsulot namunalarini xorijiy davlatda importga rasmiylashtirish (xorijiy davlat qonunchiligiga muvofiq namuna sifatida yuborilgan mahsulotlarni import qilishda to‘lovlar undirilishi belgilangan hollarda);

10) qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalariga xorijdan malakali dizaynerlar, texnologlar, marketologlar, sifat nazoratchilari va agronomlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berish yo‘nalishida: mehnatga haq to‘lash;

11) tadbirkorlik subyektlariga nufuzli xalqaro brendlarni jalb qilishga, shuningdek, ularning nufuzli xalqaro brendlar egalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xarajatlarini qoplab berish yo‘nalishida: O‘zbekiston Respublikasi hududida: transport xarajati – ekonom klass uchun; mehmonxona xarajati – standart nomer uchun; tarjimonlik xizmati;

12) mutaxassislarni o‘qitish xarajatlarini qoplash berish yo‘nalishida: o‘quv treninglarda qatnashish to‘lovi; transport xarajati – ekonom klass uchun; mehmonxona xarajati – standart nomer uchun.

-Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishning eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish kabi imtiyozlar beriladi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech