Iqtidorli talaba-yoshlar tanlovi

News image

Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2023” II Respublika ko‘rik-tanlovi hamda talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda qurulish-muhandislik va sanoat yo‘nalishidagi respublika oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 200 nafardan ortiq talaba yoshlar yuqori faollik bilan ishtirok etdi.

photo_2023-05-22_13-51-08.jpg

Bugungi kunda mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish, ilm-fan yutuqlarini sohaga joriy qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Knauf Gips Buxara” XK MCHJ hamda mazkur oliygoh hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda asosiy e’tibor “Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari-2023” II Respublika ko‘rik-tanlovi hamda yuqori saviyada o‘tgan talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasiga qaratildi.

photo_2023-05-22_13-51-09.jpg

photo_2023-05-22_13-51-18.jpg

Tanlov qatnashchilari mahalliy xom-ashyolar asosida tayyorlangan, sanoat chiqindilari asosida yaratilgan, mineral va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanib tayyorlangan yangi avlod betonlari, eng yaxshi qurilish materiallari va konstruksiyalari, shuningdek, jami o‘nga yaqin eng yaxshi konstruksiyaviy ishlanmalar, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari asosidagi loyihalar, energosamarador binolar, yangi qurilish materiallari, buyumlarini yaratish va ishlab chiqaqrish texnologiyalari bilan ishtirok etdi.

photo_2023-05-22_13-51-27.jpg

photo_2023-05-22_13-51-29.jpg

Bulardan tashqari, “Qurilish konstruksiyalari” hamda “Energosamarador binolarni loyihalash” mavzusi bo‘yicha ilmiy yo‘nalishda bajarilgan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi)” va magistrlik dissertatsiyasi kabi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha kuch sinashdi. “Yangi O‘zbekiston: Ilm qaldirg‘ochlari – 2023” II Respublika ko‘rik-tanlovi qizg‘in bahs munozaralarga boy bo‘ldi.

photo_2023-05-22_14-02-07.jpg

photo_2023-05-22_14-02-09.jpg

Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, eng kuchlilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tashkilotchi va homiylarning qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

photo_2023-05-23_21-10-39.jpg

photo_2023-05-23_21-10-43.jpg

photo_2023-05-23_21-10-48.jpg

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech