Ishlab chiqarishda sifat va nazorat eng muhim masala

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida tadbirkorlar uchun “Mahsulot sitfati darajasini boshqarish va baholash-korxona xo‘jaligini boshqarishdagi yagona kompleksning ajralmas qismidir” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, metrologik yordam, mahsulot sinovi haqida taqdimotlar o‘tkazildi va ma’lumotlar berildi.

Respublika anjumanida uyushma mas’ullari, Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va sement ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishdi.

IMG_0430.jpg

IMG_0432.jpg

Dastlab, uyushma boshqarma boshlig‘i Botir Xo‘jabekov so‘zga chiqib, Respublikamizda sement ishlab chiqarish, korxonalar faoliyati va ushbu yo‘nalishdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, “PR-VOSTOK projekt” MCHJ vakillari ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash asoslari, loyiha hujjatlari va uning tahlili, texnologik jihozlarni o‘rnatish, ish rejimi haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, Sement ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etish qoidalari va tartiblarini ta’minlovchi qonunchilik, me’yoriy-texnik hujjatlar bo‘yicha ham so‘z yuritdi. Darhaqiqat, ishlab chiqarishda sifat muhim o‘rin tutadi. Bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish, talabning ortishi, xaridorgirligida sifat va nazorat eng muhim masala hisoblanadi.

Seminar davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti ilmiy xodimi tomonidan “Muayyan energiya xarajatlarini tasniflash va baholash. Joriy ishlab chiqarish jarayonining energiya samaradorligi, energiya xarajatlarini sraf me’yorlarini tahlili qilish va baholash” bo‘yicha ham ma’ruzasi tinglandi. Sement ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirishda ushbu ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ilmiy taqdimot tadbirkorlar tomonidan qiziqish bilan qarshi olindi.

IMG_0434.jpg

IMG_0435.jpg

Shu kuni “Sement klinkerini ishlab chiqarish uchun xomashyo, texnologik yoqilg‘i va elektr energiyasini iste’mol qilish normalarini hisoblashning tarkibiy xususiyatlari”, “Mahsulot sifati darajasi, “Ishlab chiqarishdagi texnologik yo‘qotishlarni me’yorlash va baholash” mavzularida ham fikr almashildi.

Shu kuni tadbirkorlar sifat va laboratoriya tahlillari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarini xalqaro mutaxassislardan javob olishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikamizda yiliga 32,8 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega 37 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 15,5 mln tonnani tashkil etdi. Respublikadagi mavjud sement zavodlarining 13 tasi korxona gaz yoqilg‘isida, 5 tasi gaz va ko‘mir yoqilg‘isida va 19 tasi esa ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat yuritmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech