Italiyaning “Sуstem Сeramiсs” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

News image

2024-yil 20-mart kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Italiyaning “Sуstem Сeramiсs” kompaniyasining sotuv bo‘yicha Rahbari Andrea Kaselli boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan, keramik plitka ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, o‘lchamlari, shuningdek, respublikamiz importi va eksporti haqida muloqot bo‘lib o‘tdi.

IMG_0603.jpg

IMG_0604.jpg

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining maslahatchisi Bahodir Ismailov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari va tadbirkorlik faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga yurtimizda keramik plitka ishlab chiqarish, mavjud korxonalar imkoniyatlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda Andrea Kaselli bugungi kundagi “Sуstem Сeramiсs” kompaniyaning yutuqlari haqida gapirib, ishlab chiqarilayotgan uskunalarni sifatini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda izlanishlar olib borilayotganligi haqida ma’lum qildi.

IMG_0605.jpg

IMG_0608.jpg

Uchrashuv davomida O‘zbekistonga import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan o‘rnini bosish uchun hamkorlikda ishlash istagini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Italiyaning “Sуstem Сeramiсs” kompaniyasi keramik plitka mahsulotlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi bo‘lib, dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri deb hisoblanadi. Respublikmizdagi bir necha korxonalariga o‘zining uskunalarini yetkazib bergan. (“Prime Ceramics” MCHJ, “Lux Ceramics Group” MCHJ).

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech