- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Jizzaxda “Tadbirkorlar maktabi” ochildi

17 Mar 2023
34
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazining Jizzax filiali tashkil etildi.
Prezidentimizning joriy yil 24 fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida hududda “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Shu maqsadda Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda “Tadbirkorlar maktabi”ning Jizzax filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Markazda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
U yerda Jizzax politexnika instituti hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda bazalt asosli issiqlik saqlovchi materiallar, bazalt setkasi va boshqa shu kabi energiya tejamkor materiallar ishlab chiqarish mavzularida qisqa muddatli maxsus kurslar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar uchun Forish tumanidagi “Basalt” klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida sayyor o‘quvlar ham olib boriladi. Bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultativ yordam ko‘rsatiladi.
Ta’lim olish va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash – mutlaqo BЕPUL.