Joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqariladi

News image

2022 yilning I-choragida soha bo‘yicha jami 5,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 108 foizni tashkil etdi.

Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 1,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 114,6 foizni hamda uyushma tarkibidagi kichik biznes korxonalari tomonidan 707,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 114,8 foizni tashkil etdi.

Jumladan, 2,6 mln tonna sement, 6,8 mln kv.m 2-mm o‘lchamda – qurilish oynasi, 3,0 mln kv m – keramik plitka, 8,9 mln kv m – gipsokarton, 34,7 ming tonna – quruq qurilish aralashmalari, 386 ming o‘ram – oboy, 27 ming tonna – ohak, 39,2 ming tonna – gips kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

photo_2020-10-22_10-30-40.jpg

Vazirlar Mahkamasining 04.04.2022 yildagi № 149-F-sonli farmoyishi bilan 2022 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqarish va shundan 9,5 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan I-choragida jami 2,6 mln tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 90,0 foizni tashkil etgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 1,4 mln tonna sement (73 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 571,0 ming so‘mni tashkil etib (joriy yil boshida 592,5 ming so‘m) 0,4 foizga kamaygan, 1 kv metr qurilish oynasining narxi 39,3 ming so‘mni tashkil etib (25,7 ming so‘m) 52 foizga, 1 dona shiferning narxi esa 36,8 ming so‘mni tashkil etib (34,0 ming so‘m) 8,4 foizga o‘sgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech