Joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqariladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ichki bozorda qurilish materiallarining narxining keskin oshib ketishining oldini olish va ularning narxini arzonlashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 iyundagi №02/1-58-sonli topshirig‘i bilan sement mahsuloti narxining keskin o‘sib ketishini oldini olish maqsadida:

- birja savdolariga kunlik rejadagi 32 ming tonna o‘rniga 40 ming tonna sement qo‘yish ta’minlandi;

- birja savdolarida bir oy muddatga kechiktirgan holda sement yetkazib berish bo‘yicha “forvard” savdo turi joriy etildi;

- birja savdolarida sotib olinadigan sementni avtomobil transportidan foydalangan holda yuklab jo‘natish muddati 2020 yilning 1 iyulidan boshlab 10 kundan 5 kungacha qisqartirildi.

foto_main_news_NEW.jpg

Ichki bozorda sement narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyuldagi 450-sonli qarori qabul qilinib, importdan sement olib kirish tartibi soddalashtirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida 765,3 ming tonna sement import qilingan bo‘lib, 2020 yilning shu davriga nisbatan import kilingan sementning 2,7 baravarini tashkil etgan.

Vazirlar Mahkamasining 14.03.2021 yildagi № 109-F-sonli farmoyishi bilan 2021 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqarish va shundan 9,5 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan I-choragida jami 2,9 mln tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 124,6 foizni tashkil etgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 1,9 mln tonna sement (115 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 569,4 ming so‘mni tashkil etadi.

Joriy yil yakuni bilan yiliga 4,9 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami sement ishlab chiqarish quvvatlari 20 mln tonnaga yetkaziladi. Shuningdek, yiliga 22,2 mln kv metr qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvat ishga tushirilib, jami qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar 42 mln kv metrni tashkil etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech