- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Joriy yilda 2,0 mlrd dollarlik 465 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
18 Sep 2023
258
Joriy yilda sanoat korxonalari tomonidan 35,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2023-yilda 900 mln dollarlik eksport amalga oshiriladi. Shuningdek, 2023-yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra 1,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya mamlakatlariga davlat tashrifi doirasida zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va hududlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2023-yilda jami 2,0 mlrd dollarlik 465 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar jalb etiladi va 15 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.