Joriy yilda 2,2 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

News image

Mamlakatimiz aholisini arzon, sifatli, innovatsion va energotejamkor qurilish materiallari bilan ta’minlash maqsadida qurilish materiallari sohasida ko‘plab investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Natijada sohada  yangi sanoat korxonalari vujudga kelmoqda, zamonaviy eksportbop va import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari ortmoqda. Eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

IMG_9167.jpg

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-2025-yillarda hududlarda umumiy qiymati 4,5 mlrd. dollar bo‘lgan 540 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. E’tiborlisi, 24,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 2024-yilning o‘zida qiymati 2,2 mlrd dollar bo‘lgan 326 ta korxona foydalanishga topshiriladi.

Mahsulotlar kesimida loyihalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, keramik plitka va sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha - 24 ta, PVX asosida mahsulotlar bo‘yicha - 28 ta, gazobeton va penobeton bloklari bo‘yicha - 20 ta, oyna mahsulotlari bo‘yicha - 12 ta, quruq qurilish qorishmalari bo‘yicha - 34 ta, bazalt mahsulotlari bo‘yicha - 15 ta, kompozit materiallar  bo‘yicha - 16 ta, pardozbop tosh materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha - 26 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

IMG_9242.jpg

Xususan, eng yirik loyihalar Jizzax, Samarqand, Toshkent, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi. Misol uchun,  Jizzax viloyatida qiymati 432 mln dollar bo‘lgan 31 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Samarqand viloyatida esa 548 mln dollar hisobiga 49 ta ishlab chiqarish obyekti yaratiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech