Joriy yilda 27,6 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Qurilish materiallari sohasining rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yil yakuni bilan soha bo‘yicha 27,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 690,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi, mahalliylashtirish dasturi doirasida 981 mlrd so‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Shuning bilan birga, joriy yil yakuni bilan 470,0 mln dollarlik qurilish materiallari import qilinishi belgilangan.

2022 yil yakuni bilan qiymati 1 802 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va o‘tgan yilga nisbatan 127 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Xususan, ushbu loyihalarning 35 tasi yirik loyihalar, 132 tasi o‘rta loyihalar hamda 652 tasi kichik loyihalarni tashkil etadi.

Shuningdek, joriy yilda qiymati 1,8 mlrd dollarlik 819 ta loyihalar ishga tushiriladi va 20,9 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga asosan respublikaning 8 ta tumanida (Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, Ohangaron va O‘zbekiston tumanlari) qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish hamda 16 ta tuman va shaharlarda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasi tashkil etilib, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Xususan, bugungi kunda, mazkur ixtisoslashgan tumanlarda qiymati 1,6 mlrd dollarlik 150 ta loyiha shakllantirilgan va 7,8 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu klasterlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda davlat budjetidan 200 mlrd so‘m, shundan joriy yilda 101 mlrd so‘m hamda geologiya-qidiruv ishlari uchun 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Natijada, Yangi O‘zbekiston massivlarini barpo etishda ob’ektlarning qurilish muddati va tannarxini kamaytirish imkoni yaratiladi.

Qurilish materiallarini keyingi besh yillikda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Xususan,

Soha bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish 2026 yilga borib qariyb 2,2 barobarga oshiriladi.

Qurilish materiallarining eksporti 438 mln dollardan 1,08 mlrd dollarga yetkaziladi (2,5 barobar).

Investitsiyalarni o‘zlashtirish 1,4 mlrd dollardan 2,2 mlrd dollargacha oshiriladi (1,6 barobar).

Mahalliylashtirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish 1,9 trln so‘mga yetkaziladi (2,1 barobar).

Shuning bilan birga, 2022-2026 yillarda sohada 5,8 mlrd dollarlik 1028 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda 39,3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech