- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Joriy yilda Farg‘ona viloyatida 4,1 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi
29 Nov 2024
156
Farg‘ona viloyatida joriyyilda 4,1 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.Hisob-kitoblarga ko‘ra yanvar-sentyabr oylarida hududda 3,2 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
E’tiborlisi viloyat qurilish materiallari sohasida jami 41,8 mln. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilishi belgilangan.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 776 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-2025-yillarda 61 ta qiymati 493,3 mln. dollarlik loyihalar amalga oshiriladi, natijada 4 010 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan, 2024-yilda qiymati 56,3 mlrd. dollar bo‘lgan 28 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. 2025 yilda qiymati 436,9 mlrd. dollar bo‘lgan 33 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 3 227 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bugungi kunda qiymati 16,7 mln. dollar bo‘lgan 21 ta loyiha ishga tushirildi.
Bundan tashqari 1,4 mln. dollarlik 4 ta loyihaga tijorat banklari tomonidan 381 ming dollar kredit ajratildi.
Shu yilda davlat investitsiya dasturiga asosan uyushma tomonidan Quvasoy shahridagi “Gretvol Keramiks” MCHJ QK tomonidan 10,0 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 200 ming kub gazobeton ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi, 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.