- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Joriy yilda Respublikada 17 mln tonna sement ishlab chiqariladi

22 May 2023
135
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2023-yildagi № 74-F-sonli farmoyishi bilan 2023-yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 17,0 mln tonna sement ishlab chiqarish (o‘tgan yilga nisbatan 116,5 %) va shundan 7,6 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.
Joriy yilning birinchi choragida jami 2,5 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 515,4 ming tonna sement (20 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.
Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 654,5 ming so‘mni tashkil etib (joriy yil boshida 617,5 ming so‘m) 6,0 foizga ko‘paygan, 1 kv metr qurilish oynasining narxi 47,5 ming so‘mni tashkil etib (48 ming so‘m) 1 foizga kamaygan, 1 dona shiferning narxi esa 55 ming so‘mni tashkil etib (56 ming so‘m) 1,8 foizga kamaygan.
2023-yil yakuni bilan yiliga 5,8 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami sement ishlab chiqarish quvvatlari 32 mln tonnaga yetkaziladi.
Ma’lumot uchun, ichki bozorda sement narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-sonli qarori qabul qilinib, importdan sement olib kirish tartibi soddalashtirildi. 2023-yilning 1-choragida 327,3 ming tonna sement import qilingan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan import kilingan sementning 77,3 foizini tashkil etgan.