Joriy yilda umumiy qiymati 738,4 mln dollar bo‘lgan 11 ta yangi sement zavodlari barpo etiladi

News image

2021 yilda sement ishlab chiqarish prognozi 16,4 mln tonna rejalashtirilgan. E’tiborlisi, ushbu ko‘rsatkich respublika ichki bozor talabini to‘liq qoplaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil davomida jami quvvatlari 8,6 mln tonnaga teng umumiy loyiha qiymati 738,4 mln dollar bo‘lgan 11 ta (Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida) yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, yil ohirida sement ishlab chiqarish quvvatlari 25 mln.tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. Qayd etish kerak, yanvar oyida eng yirik loyihalardan biri “Ohangaronsement” AJda amalga oshirildi. Bu yerda yiliga 2,4 mln.tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, loyiha qiymati 160 mln. dollar bo‘lgan yangi quvvat yaratildi.

2 sement

Joriy yilda "Farg‘ona Yasin qurilish mollari" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 120 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 200 tonna sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, "Rash milk" MCHJ, "Namangan sement" MCHJ, "Marokand sement invest" MCHJ, "Ishonchli posbon tekstil" MCHJ, "Shaffof Sement Sanoat" QK MCHJ, "Pop sement" MCHJ, "Jaxon Yevro Servis" MCHJ kabi sement zavodlari o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Shuningdek, 2021-2023 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra, respublikada jami 25 ta sement ishlab chiqaruvchi loyihalar barpo etilishi rejalashtirilib, jami sement ishlab chiqarish loyiha quvvati 37 mln tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.


Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech