Joriy yilning I-choragida 5,1 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

News image

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022 yil I choragida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab uyushma tomonidan joriy yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlar, investitsiya loyihalari, sanoat korxonalari faoliyati va eksport ko‘rsatkichlari, mahsulotlar sifati hakida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning I-choragida soha bo‘yicha jami 5,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 108 foizni tashkil etdi.

Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 1333,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 114,6 foizni hamda uyushma tarkibidagi kichik biznes korxonalari tomonidan 707,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 114,8 foizni tashkil etdi.

Jumladan, 2,6 mln tonna sement, 6,8 mln kv.m 2-mm o‘lchamda – qurilish oynasi, 3,0 mln kv m – keramik plitka, 8,9 mln kv m – gipsokarton, 34,7 ming tonna – quruq qurilish aralashmalari, 386 ming o‘ram – oboy, 27 ming tonna – ohak, 39,2 ming tonna – gips kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Vazirlar Mahkamasining 04.04.2022 yildagi № 149-F-sonli farmoyishi bilan 2022 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqarish va shundan 9,5 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan I-choragida jami 2,6 mln tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 90,0 foizni tashkil etgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 1,4 mln tonna sement (73 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 571,0 ming so‘mni tashkil etib (joriy yil boshida 592,5 ming so‘m) 0,4 foizga kamaygan, 1 kv metr qurilish oynasining narxi 39,3 ming so‘mni tashkil etib (25,7 ming so‘m) 52 foizga, 1 dona shiferning narxi esa 36,8 ming so‘mni tashkil etib (34,0 ming so‘m) 8,4 foizga o‘sgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturi doirasida asosan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida umumiy qiymati 495,7 mln dollar bo‘lgan 21 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 172,7 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 80,6 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 5,0 mln dollar bank kreditlari va 87,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 21 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 275 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida 2022 yil 1-choragida 830 ta loyiha bo‘yicha 2 trln 240 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 101,9 foiz o‘zlashtirilgan, 77 ta loyiha ishga tushirilgan va 791 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

2022 yil I choragida 109 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 100,6 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravarga ta’minlandi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.

2022 yil I choragida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 215 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan bo‘lsa, yanvar-mart oyldarida belgilangan reja 102 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Tadbir davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech