“KARAKALPAK SEMENT” MCHJning yillik quvvati 1,1 mln tonnaga yetkaziladi

News image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yildan-yilga qurilish materiallari sanoati taraqqiy etib bormoqda. Yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida yangi quvvatlar yaratilmoqda. Bu esa qurilish materiallari bozorini mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Yaqingacha hududga sement Navoiy va Toshkent viloyatlaridan olib kelinar edi. Shu bois bu yerda sement narxida boshqa viloyatlarga qaraganda bir muncha tafovut bo‘lgan. Olib borilgan islohotlar natijasida ushbu muammolar bartaraf etildi. Qoraqalpog‘istonda ham zamonaviy sement zavodlari ishga tushirildi.

1.jpg

Barpo etilgan dastlabki sement zavodlaridan biri bu “KARAKALPAK SEMENT” MCHJ dir. Korxona 6 gektar hududda joylashgan bo‘lib, yillik quvvati jami 400 ming tonnani tashkil etadigan loyiha qiymati 30 mlrd so‘m bo‘lgan (2017 yilda 200 ming tonna va 2019 yilda 200 ming tonna) korxona 2017 yilda foydalanishga topshirilgan Sement zavodi muqobil energiya ko‘mirda ishlaydi. Korxona Xitoy davlatidan keltirilgan energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlangan. Hozirda bu yerda kuniga o‘rtacha 700 tonna sement ishlab chiqariladi. Ayni paytda zavodda 270 nafar qoraqalpog‘istonlik yoshlar mehnat qilib kelishmoqda. Ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot sifatini yanada ko‘tarish maqsadida, korxona hududida yangi liniyani barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgach “KARAKALPAK SEMENT” MCHJ ning yillik quvvati 1 mln 100 ming tonaga yetkaziladi.

2.jpg

3.jpg

4.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech