- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Keramik plitkalar (kafel) haqida bilasizmi?
14 Jul 2025
360
Interer dizaynida keramik plitka — nafaqat amaliyot, balki estetika, mustahkamlik va turmush tarzi timsolidir. Ularni to‘g‘ri tanlash esa nafaqat ko‘z uchun go‘zal, balki yillar davomida foydalanishda qulaylik beradi.
Keramik plitkalarning asosiy turlari:
1. Glazurlangan plitka (glazed tile)
Siyoq va rangli sirtga ega, bezakli ko‘rinishda. Oshxona, hojatxona va vannalar uchun ideal.

2. Porselan plitka (porcelain tile)
Yuqori haroratda pishirilgan, mustahkam va suv o‘tkazmaydi. Tashqi maydonlar, yer qoplamalari va jamoat binolarida ishlatiladi.
3. Mat plitka (matte tile)
Yorug‘likni aks ettirmaydi, shinamlik va tabiiylik hissi beradi. Jozibali interer uchun ajoyib tanlov.
4. Glyanseviy plitka (glossy tile)
Yuqori yaltiraklikda, kichik xonalarni keng ko‘rsatish uchun ideal. Oson tozalanadi.
5. Mozaika plitka
Umumiy dizaynning miniatyurasi. Har xil shakl, rang va teksturada bo‘lishi mumkin. Dush, basseyn, bezakli devorlar uchun ajoyib.

6. 3D plitka
Devor va polda hajmli effekt yaratadi. Zamonaviy intererga zaminiy ko‘rinish beradi.
Keramik plitkaning afzalliklari:
- Uzoq xizmat qiladi
- Namlik va issiqlikka chidamli
- Asfalt va laminatga nisbatan gigiyenik
- Har qanday intererga mos turlari mavjud
Keramik plitka (kafel) tanlayotganda:
- makonga mos o‘lcham
- yuza tuzilishi (yaltroq yoki mat)
- sirpanishga qarshi xususiyat
- tozalash osonligiga e’tibor bering.
Siz qaysi turdagi plitkani afzal bilasiz?
Sharhda yozing
#keramikplitka #interer #qurilishmaslahati #dizayn