“KNAUF GIPS BUXORO” XK – eng yirik gipsokarton ishlab chiqaruvchi

News image

“KNAUF GIPS BUXORO” XK 2011-yil foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu yerda gipsokarton va metal profillar ishlab chiqariladi. Investitsiya loyihasining qiymati 69 mln yevroni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 40 mln metr kvadrat. Korxonaga Germaniyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 150 ga yaqin buxorolik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

IMG_9009.jpg

IMG_9017.jpg

E’tiborlisi, korxona KNAUF xalqaro guruhi tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq barpo yetilgan. Bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish madaniyatidan tortib, ekologik xavfsizlik qoidalarini qamrab oladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy me’yorlarga va kompaniyaning jahon standartlariga amal qiladi. Eng yangi avlod chang yig‘uvchi uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular "chang shleyflari" hosil bo‘lish ehtimolining oldini oladi. Ahamiyatlisi, gips asosidagi zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonida chiqindi chiqarish ko‘rsatkichi nolga teng.

IMG_9028.jpg

Hozirda bu yerda 15 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlar nafaqat mahalliy balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir. “KNAUF GIPS BUXORO” XK Respublikadagi eng yirik eksportyor korxonalardan biri sanaladi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech