“Knauf Uzbekistan” kompaniyalar guruhi dunyo miqyosida 50 ta oʻrta boʻgʻindagi ofislar orasida g‘olib

News image

Ma’lumki, “Knauf” kompaniyasining dunyoda 280 ta sanoat korxonalari mavjud bo‘lib, qurilish-pardozlash materiallari ishlab chiqarishda jahonda o‘z nomi va uslubiga ega hisoblanadi.

KNAUF O‘zbekiston bozorida 20 yildan ziyod vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda KNAUFning Farg'ona va Buxoro viloyatlarida joylashgan korxonalari yurtimizda quruq va modifikatsiyalangan qurilish aralashmalari bozorining rivojiga munosib hissa qo'shmoqda.

IMG_8997.jpg

Birgina, "KNAUF GIPS BUXORO" korxonasi yiliga 40 million m kv gipskarton plitalari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bu erda metall profillar ham ishlab chiqariladi. Hozirda zavodda 143 nafar malakali xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kompaniya mamlakatimiz qatori xalqaro bozorda o'zining innovatsion yechimlari, mahsulotlarining energiya samaradorligi, tejamkorligi, ishonchliligi, zamonaviy dizayni va albatta oqilona narxlari bilan yuqori talabga ega.

IMG_9003.jpg

IMG_9009.jpg

IMG_9016.jpg

IMG_9024.jpg

Uning barcha korxonalari, xususan, yurtimizdagi zavodlar ham KNAUF xalqaro guruhi tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq barpo etilgan. Bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish madaniyatidan tortib, ekologik xavfsizlik qoidalarini qamrab oladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha mahalliy me'yorlarga va kompaniyaning jahon standartlariga amal qiladi. Zavodlar eng yangi avlod chang yig'uvchi uskunalari bilan jihozlangan bo'lib, ular "chang shleyflari" hosil bo'lish ehtimolining oldini oladi.

Shu bois ham “Knauf Uzbekistan” kompaniyalar guruhi nafaqat mahalliy, balki jahon qurilish materiallari bozorida o‘z o‘rni, mavqeyi va haridoriga ega.

IMG_9028.jpg

IMG_9045.jpg

Kuni kecha Germaniyada bo‘lib o‘tgan tanlovda D.Deripalko boshchiligidagi “Knauf Uzbekistan” kompaniyalar guruhi dunyo miqyosida 50 ta oʻrta boʻgʻindagi ofislar orasida birinchi oʻrinni egalladi.

Shu munosabat bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mutasaddilari "KNAUF GIPS BUXORO" korxonasida bo‘lishdi. “Knauf Uzbekistan” kompaniyalar guruhiga xalqaro sovrin topshirildi.

IMG_9052.jpg

IMG_9083.jpg

IMG_9094.jpg

IMG_9100.jpg

- Bu yutuqqa biz bir jamoa boʻlib erishdik. Unda har bir xodimimizning mehnati mujassam. Shu bois eng avvalo, men ularga minnatdorlik bildiraman. Jamoaning mehnatkashligi bilan biz hali juda katta yutuqlarga erishamiz,- dedi korxona bosh direktori Dmitriy Deripalko.

Shuningdek, jamoa Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Oʻz oʻrnida korxona vakillari mamlakatimizda tadbirkorlikka yaratilayotgan sharoitlar, Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi xususida toʻxtalib, hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash boʻyicha takliflarini bildirdilar.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech