“Kvars” AJ- tadbirkorlar ishonchini qozongan korxona

News image

Bugun poytaxtimizda “Kvars” AJ tomonidan “Xaridor kuni” mavzusida Respublika konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “USG” kompaniyasi va jamiyat rahbariyati, soha mutaxasislari ishtirok etishdi.

IMG_9761.jpg

IMG_9766.jpg

Dastlab, mamlakatimdagi qurilish jarayonlari, bugungi qurilish talab va me’yorlari, qurilish materiallari sifati va nazorati haqida fikr yuritildi. “Kvars” AJ rahbariyati so‘zga chiqib bugungi kunda korxonaning quvvati, mahsulot turlari, xaridor-mijoz bilan ishlashda yangicha yondashuvlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan birga xaridorlarga yaratilgan qulayliklar, marketing xizmati haqida so‘z bordi.

IMG_9770.jpg

IMG_9772.jpg

Tadbir davomida “Avtooyna” MCHJ taqdimoti ham o‘tkazildi. Tadbirkorlar bilan ham muloqot tashkil etildi.

IMG_9786.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech