“Kvars” AJda “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

News image

Joriy yilning 2 noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

1.jpg

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda tizim korxona va tashkilotlari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Xususan, joylarda maxsus ajratilgan hududlarda “yashil maydonlar” bunyod etilmoqda.

2.jpg

Kuni kecha ana shunday xayrli tadbirlardan biri –“Kvars” AJ da ham tashkil etildi. Korxona hududi bo‘ylab umumiy hisobda 500 ga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tadbir davomida 200 tadan ortiq ko‘chatlar o‘tqazildi. “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat, jamoaviy birlikda, ko‘tarinki kayfiyatda yondoshmoqda.

Ta’kidlash joizki, Daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

3.jpg

4.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech