“Kvars” AJda yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi

News image

Ma’lumki keyingi yillarda O‘zbekiston ulkan bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylangan. Shaharu qishloqlarda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shu bois yildan-yilga energiya tejamkor, import o‘rnini bosuvchi, innovatsion, yangi turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Xususan, qurilish oynasiga bo‘lgan ehtiyoj nafaqat mahalliy balki jahon bozorlarida ham kun sayin o‘sib boryapti. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qurilish oynasi ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mahsulot turini ko‘paytirish, mazkur yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ana shunday yirik investitsiya loyihalaridan biri Farg‘ona viloyatida joylashgan “Kvarts” AJda amalga oshirildi. Qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblangan korxonada umumiy qiymati 70,2 mln dollar bo‘lgan float (qurilish) oynasi ishlab chiqarish yangi texnologik liniyasi bunyod etildi. Ushbu bunyodkorlik ishlariga 41,5 mln dollar miqdoridagi investitsiya va kreditlar yo‘naltirilgan. Yangi liniyada yiliga 22,2 mln kv metr 2 mm shartli qalinlikdagi bo‘lgan float oynasi ishlab chiqariladi. Eng muhimi 280 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Korxonaga Yevropa va Xitoy davlatidan qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan zamonaviy, energiya tejamkor, so‘nggi rusumdagi uskunalar keltirilib o‘rnatilgan.

photo_2021-02-05_10-03-43.jpg

Loyiha amalga oshirilgach energiya sarfi 2 barobarga kamaydi. Mahsulot tannarxi 20-30 foizga azonlashi kutilmoqda. Shuningdek, zavodning qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yillik quvvati 10 mln kv. metrdan 32 mln kv. metrga (shartli 2 mm qalinlikda) yetkazildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mahalliy bozorda qurilish oynasiga bo‘lgan talab deyarli koplanib, eksport ko‘lami kengaytiriladi.

photo_2021-02-05_09-55-31.jpg

Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ham yiliga 10 mln kv metr 2 mm. shartli qalinlikdagi qurilish oynasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etilyapti.

Hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish oynasi “Kvarts” AJ va “Mingyuan SiLu Industry” MCHJ (Xitoy) qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech