“Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostidagi qurilish materiallariga talab oshmoqda

News image

O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida Ozarbayjon Respublikasining “Green stream international” kompaniyasi direktori Ramin Sharifov boshchiligidagi delegatsiya vakillari va mahalliy eksporter korxonalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, eksporchi yirik korxona vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, eksport ko‘lamini yanada kengaytirish, mamlakatdagi investitsiya muhiti, logistika masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi.

2 04-10-2022.jpg

Dastlab yig‘ilganlarga O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport ko‘lami, sanoat korxonalar faoliyati haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi. Shu bilan birga ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada mustahkamlash, ayniqsa, mahalliy qurilish materiallari eksportini oshirish, sohaga zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

3 04-10-2022.jpg

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasida qurilish materiallari sanoati bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini tufayli o‘zaro savdo aylanmasi yildan-yilga oshib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistondan Ozarbayjonga 3,9 mln. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yilning 8 oyligida ushbu ko‘rsatkich 5,4 mln dollarni tashkil etgan.

Tadbirda tadbirkorlar sanoat korxonalarining faoliyati va ishlab chiqariladigan mahsulotlar taqdimotini ham o‘tkazishdi. Shu bilan birga eksportni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish borasida yanada qulayroq shart-sharoitlar yaratish borasida takliflarini bildirishdi.

4 04-10-2022.jpg

Ozarbayjon delegatsiyasi vakillari mahalliy tadbirkorlar bilan ularning takliflariga ko‘ra, keyingi ikki kun davomida, bevosita sanoat korxonalarga tashrif buyurib, ishlab chiqarish sharoitlari va jarayonlari bilan tanishish yakunda esa shartnoma tuzish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishga kelishib oldilar.

5 04-10-2022.jpg

Uchrashuv so‘nggida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Green stream international” kompaniyasi o‘rtasida Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida hamkorlikda “Savdo uyi”ni ochish masalasi bo‘yicha memorandum imzolashga kelishildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech