Mahalliy qurilish materiallari namoyish etildi

News image

Bugun "Toshkent Boshplan LITI" binosida "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi" tomonidan qurilish materiallari ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mutaxassislari, ekspertlar, quruvchi kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir markazlashgan holda qurilish materiallarini xarid qilish  jarayoniga yirik ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda ob'yektlarning hududiy joylashuviga qarab qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarni keng jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Shu bilan birga ko'rgazmada kompaniya faoliyati haqida ham to'liq ma'lumotlat berildi.

photo_2024-06-13_09-29-41.jpg

Ko’rgazma avvalida  qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar o’z mahsuloti haqida barchaga taqdimot o’tkazishdi. Uning xususiyatlari, sifati va narxi bo’yicha to’liq ma’lumot berishdi. E’tiborlisi, tadbirda Respublikadagi eng yirik sanoat korxonalar ishtirok etishdi.

Shundan so’ng mahalliy qurilish mahsulotlari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda 30 ga yaqin yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-65-son qarori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan.

Kompaniya maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni xarid qilish huquqi berilgan.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech