Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra 1 trln 400 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasiini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-son qarori ijrosi bo‘yicha 13 ta qurilish materiallari sanoati korxonalari doirasida 980 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan. Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda sanoat korxonalari tomonidan 1 trln 400 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va belgilangan reja 143 foizga bajarildi. Bunday natijaga 8 ta yangi loyihani ishga tushirish (610 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan), va mavjud quvvatlarni kengaytirish (790 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan) hisobiga erishildi.

IMG_4350.jpg

Mahsulotlar kesimida ko‘rilganda, qurilish oynasi 619 mlrd so‘m, Linoleum 107 mlrd so‘m, keramik plitka 345 mlrd so‘m (shu j:. yangi 3D texnologiyali dekorativ keramik plitalar 147 mlrd so‘m), Gulqog‘oz 162 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

mayak151211.jpg

2023-yilda jami 1 trln 778 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, 14 ta yangi loyiha hisobiga 1152 mlrd so‘mlik, mavjud ishlab turgan 5 ta loyihalarni kengaytirish hisobidan 626 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

pokleyka-oboev-81.jpg

Mahsulotlar kesimida ko‘rilganda, yuqori markadagi sement (500-600 marka) 560 mlrd so‘m, qurilish oynasi 437 mlrd. so‘m, shisha momig‘idan mineral plita 126 mlrd so‘m, bazalt mahsulotlari 144 mlrd so‘m, keramik plitka 100 mlrd so‘m, gipsakarton 88 mlrd so‘m gazobeton mahsulotlari 56 mlrd so‘mlik mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech