- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatiga bag'ishlangan yana bir xalqaro anjumanga mezbonlik qildi
Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatiga bag'ishlangan yana bir xalqaro anjumanga mezbonlik qildi

16 Mar 2023
51
Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va “Ohangaronsement” AJ hamkorligida “Sement, beton ishtab chiqarish va qo‘llashdagi zamonaviy texnologiyalar" mavzusida ilk xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Rossiya, Turkiya, Qozog’iston va O‘zbekistondan 50 dan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, yirik qurilish kompaniya vakillari, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Dasturga ko‘ra tadbirda sement va beton ishlab chiqarishda jahon tajribasi, mamlakatimizdagi ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalar, yangi texnologiyalar, yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
Sammitda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Bahodir Ismailov, “AKKERMAN” MChJ boshqaruv raisi uyushmasi direktori Anton Seyavko, “Ohangaronsement” AJ tijorat direktori Ildar Gareev, Turkiyaning “CHRYSO” kompaniyasi eksportni rivojlantirish direktori Kemal Kenan Aydin, Rossiyaning “Sintez OKA” kompaniyasi “Kimyo qurilishi” yo‘nalishi direktori Oleg Kuxarev sement va beton ishlab chiqarish, mahsulotning kimyoviy tarkibi, logistika, sifat va narx, marketingi bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi. Shuningdek, bir qator xorijiy va mahalliy yirik kompaniya vakillari ham o‘z korxonalari haqida ma’lumot berishdi. Ishbilarmon doira vakillari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Respublikamizda jami 34 ta sement zavodlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 25 mln tonnani tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 17,01 mln tonnaga yetkaziladi. Yanvar-fevral oylarida respublika bo‘yicha 1,12 mln tonna sement ishlab chiqarildi. Mamlakatimiz amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlariga sifatli sement yetkazib berish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘zida 7 ta yangi korxonalarni ishga tushirish natijasida qo‘shimcha 5,8 mln. tonna quvvat yaratiladi.