Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

News image

Bugun–18 noyabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 30 yilligi bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uyushma ijro etuvchi apparati hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirok etgan bayram tadbiri g‘oyat qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.

IMG_4216.jpg

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Baxodirov Azizbek Abdulazizovich O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashi, mustaqillikning muqaddas ramzlaridan biri –Davlat bayrog‘i har bir yurtimiz fuqarosi uchun aziz ekanligini ta’kidladi. O‘zida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovor ekanligini aytib o‘tdi.

IMG_4218.jpg

Bugun milliy bayrog‘imiz davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirmoqda. Ayniqsa, xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizdan g‘ururlanamiz.

IMG_4219.jpg

IMG_4220.jpg

Tadbirda davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli ekanligini barcha qatnashchilar chin ko‘ngildan e’tirof etdilar.

Tadbir so‘nggida Uyushma ijro etuvchi apparati hamda uning tizimidagi tashkilotlar mehnat jamoasi a’zolari davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida o‘zlarining samimiy dil izhorlarini bildirdilar.

Manba: Axborot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech