Muqobil energiyaga o‘tish evaziga 1,6 mlrd metr kub gaz iqtisod qilinishi rejalashtirilmoqda

News image

Mamlakatimizda jami 34 ta sement zavodi mavjud bo‘lib, ularning 20 tasi ko‘mir yoqilg‘isida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Har yili sement zavodalarida 1,1 mln tonna ko‘mir ishlatiladi. Agarda barcha sement ishlab chiqaruvchilar muqobil energiya ya’ni ko‘mirga o‘tkazilsa 3 mln tonna ko‘mir talab qilinadi (bir tonna klinker ishlab chiqarish uchun 140-180 kg ko‘mir sarfi hisobga olinganda).

IMG_7223.jpg

E’tiborlisi, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqib yiliga 1,6 mlrd metr kub gaz iqtisod qilinadi. Vagonlarda yetkazib berilgan ko‘mirni tushirish, saqlash, maydalash, saralash va yondirgich uskunalariga yetkazish uchun ketadigan qushimcha elektr energiyasi sarfi tahminan 10-12%ni tashkil etishi mumkin. (o‘rnatiladigan uskunalarni davlati, turi va boshqa parametrlaridan kelib chiqqan holda).

Respublikadamizdagi "Namangansement" MCHJ (yillik quvvati 1,2 mln tonna), “Qarshi Conch sement” XK (yillik quvvati 1,2 mln tonna), "Rash Milk" MCHJ (yillik quvvati 1,2 mln tonna), "Fargona Yasin Qurilish Mollari" MCHJ (yillik quvvati 800 ming tonna) kabi yirik sement zavodlari faoliyati ko‘mirda tashkil etilgan.

photo_2022-03-30_12-07-48.jpg

Shuningdek, Jizzax viloyatida joylashgan “Xuaksin Jizzax sement” MCHJ QK, Toshkent viloyatidagi "Bekobodsement" AJ, Farg‘ona viloyatidagi "Turon Eco Cement Group" MCHJ va "Shursuvsement" MCHJ korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati gaz va ko‘mirda olib boradi.

photo_2022-12-22_15-10-42.jpg

Sement ishlab chiqarishda ko‘mirga sifat bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • issiqlik kaloriyasi-5500 kkaldan kam bo‘lmasligi kerak,
  • o‘chuvchanligi (letuchest)-25%gacha,
  • namligi - 7%gacha,
  • kullik (zolnost)-15-20%gacha bo‘lishi lozim.
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech