Nafosat va vafo ramzisan, ayol!

News image

Bugun 7 – mart kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Uyushma ijro etuvchi apparati xodimlari ishtirokida  8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Nafosat va vafo ramzisan, ayol” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Uyushma ijro etuvchi apparatida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, shuningdek, mehnat jamoasi a’zolari ishtirok etdilar.

2_07-03-2024.jpg

Uyushma Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov so‘z olib, Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-martdagi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida” Farmonida ta’kidlanganidek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, qurilish materiallari sanoati sohasidagi xotin-qizlar ham faol qatnashib, tashabbus va ibrat ko‘rsatib, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotganligini, bugungi kunda davlatimiz tomonidan har bir mo‘’tabar ayolga ulkan ehtirom ko‘rsatilib, ularning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzi oshib borayotganligini aytib o‘tdi hamda barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir ishtirokchilari qurilish materiallari sanoati sohasidagi minglab onalarimiz, opa-singillarimiz qatori fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tadbirda qatnashgan va barcha ayollarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdilar.

3_07-03-2024.jpg

O‘z navbatida, bayram tadbirida ishtirok etgan faol xotin-qizlar so‘z olib, Davlatimiz Rahbari hamda davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ehtirom va e’tibor uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirib, kun sayin taraqqiy etib borayotgan, mustaqil va osoyishta Vatanimiz – Yangi O‘zbekistonda har bir inson uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar uchun o‘zlarining shukronalik tuyg‘ularini izhor etdilar.

Bayram tadbirida ishtirok etgan xotin-qizlar Uyushmaning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar hamda ularga guldastalar tuhfa etildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech