- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Namangan viloyatida avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi yirik korxona barpo etilmoqda
24 Sep 2024
231
Namangan viloyatida avtoklav gazobetonga bo'lgan talabni qoplash, ushbu mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida viloyat hokimligi va "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Chust tumanida "MEGATON" MChJ tomonidan kunlik quvvati 2000 m3 ni tashkil etuvchi korxona barpo etilmoqda. Loyiha Xitoyni "Teeyer" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
E'tiborlisi, bu erda Teeyer kompaniyasining energiya tejamkor uskunalari o'rnatiladi. Hozirda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Korxona 2025-yilning yanvar oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Yiliga 3 mln. dollarlik eksport amalga oshirish ko'zda tutilgan. 2025-yilga esa Andijon va Farg’ona viloyatlariga ham huddi shunday 2000m3 quvvatdagi zavodlar qurish rejalashtirilmoqda.