Nanosement O‘zbekistonda

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Sement va betonlarning barcha qurilish-texnik xususiyatlarini oshirish, shuning asosida sement sanoatida issiqlik gazi chiqindilarini tubdan kamaytirishning amaliy imkoniyatlari” mavzusida xalqaro texnik seminar bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish materiallari sohasi bo‘yicha mamlakatimiz va xorijda faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, investorlar, sement ishlab chiqaruvchilar, soha mutaxassislari va uyushma xodimlari ishtirok etishdi.

IMG_9406.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha O‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilganilohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaorining 3-ilovasida 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha “Harakatlar rejasi”ning 47-bandi 1-qismida “yashil” iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bilan bog‘liq turli sohalarda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatchilari hamda xususiy tashkilotlar uchun treninglar o‘tkaziga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini bajarish maqsadida mazkur tadbir tashkil etildi.

Dastlab, yig‘ilganlarga Sement ishlab chiqarishning global rivojlanishi va O‘zbekiston sement sanoati haqida ma’lumot berildi. Unda dunyoda sement ishlab chiqarish va ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan so‘nggi kashfiyotlar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga mamlakatimizning sement ishlab chiqarish imkoniyatlari va investitsiya loyihalarining borishi haqida ham so‘z yuritildi.

IMG_9408.jpg

Tadbir davomida Nanosement O‘zbekistonda mavzusida taqdimot ham o‘tkazildi. Ushbu yangi turdagi qurilish materialining xususiyatlari, atrof-muhitga ta’siri, energiya sarfi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Nanosementni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.

Rossiya Federatsiyasining Xalqaro materialshunoslik va samaradorlik texnologiyalar instituti bosh direktori, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi Marsel Bikbauning portlendsementni nanosementga modifikatsiyalash texnologiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

IMG_9410.jpg

Anjuman so‘nggida soha mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga olimlardan javob olishdi.

Ma’lumot uchun, Nanosement o‘zgartirilgan sement bo‘lib, unda Portlend sementining har bir donasi 10 dan 100 nm gacha bo‘lgan nanoshel bilan qoplangan bo‘lib, butun materialga o‘ziga xos xususiyatlarni beradi.

IMG_9414.jpg

Nanoment ishlab chiqarish dispers moddalarning nanokapsulyatsiya hodisasiga asoslangan. Dispersiya yordamida har qanday turdagi materiallar asl xom ashyoning sifatini sezilarli darajada oshiradigan yaxshilangan sifatlarga ega bo‘lgan materiallarga o‘zgartirilishi mumkin.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech