- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘tgan 8 oyda 1,4 trln so‘mlik mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarildi
30 Sep 2024
101
Joriyyilda 38 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yanvar-avgustda 26,9 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Ma’lumot uchun, hisobot davrida 11,5 mln. tonna sement, 27,5 mln. kv. metr qurilish oynasi, 30,9 mln.kv.metr keramik plitka, 63 mln.kv. metr gipsokarton, 632 ming dona sanitar texnik buyumlar, 2,4 mln. o‘ram gulqog‘oz ishlab chiqarildi.
Joriy yilda 1,1 mlrd. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilishi belgilangan. O‘tgan 8 oyda 542,3 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Xususan, 161,9 mln. dollarlik metall mahsulotlari, 73 mln. dollarlik PVX profil va truba, plastmassa mahsulotlari, 40,5 mln. dollarlik keramika mahsulotlari, 23,2 mln. dollarlik issiqlik saqlovchi materiallar va boshqalar eksport qilindi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida yanvar-avgustda 1,4 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Investitsiya masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda sohaga 2,2 mlrd. dollarlik investitsiya jalb qilinadi.
E’tiborlisi, shu kunga qadar 1,27 mlrd. dollar investitsiya o‘zlashtirildi.
2024-2025-yillarda hududlarda 529 ta qiymati 4,5 mlrd. dollarlik loyihalar amalga oshiriladi, natijada 25 646 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan, 2024-yilda qiymati 1,1 mlrd. dollar bo‘lgan 309 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.
Jumladan, Navoiy viloyatida “National Ceramics” MCHJ XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Qoraqalpoq Basaltwool” MCHJ, Jizzax viloyatida “Stone Lider” MCHJ tomonidan ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.