O‘tgan 9 oyda 8 trln 679,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov uyushmasi tomonidan o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlarhaqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning 9-oyida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 8 trln 679,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 109,3 foizni tashkil etdi.

Jumladan, 22,6 mln kv m qurilish oynasi, 30,8 mln kv m – gipsokarton, 7,14 mln tonna - sement, 116 ming tonna - quruq qurilish aralashmalari, 1,7 mln o‘ram - oboy, 133 ming tonna - gips kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santex keramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, gulqog‘oz o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

2022 yil Investitsiya dasturi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida umumiy qiymati 495,7 mln dollar bo‘lgan 21 ta loyihalarga 172,7 mln dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 80,6 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 5,0 mln dollar bank kreditlari va 87,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Xususan, joriy yil yakuni bilan qiymati 338,3 mln dollarllik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1002 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 9-oyligida 25 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 137,9 mln dollar, shundan 59,0 mln dollar miqdorida tashabbuskorlar mablag‘lari va 78,9 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida dastlabki ro‘yxatga asosan 2022 yilning 9-oyida 850 ta loyiha bo‘yicha 12 trln 480 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 109,2 foiz o‘zlashtirilgan, shundan qiymati 6,4 trln so‘m bo‘lgan 284 ta loyihalar ishga tushirilgan va natijada 5,9 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

2022 yilning 9-oyligida qurilish materiallari sanoati sohasi bo‘yicha jami 396,5 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish prognozi belgilangan.

Haqiqatda joriy yilning ushbu davrida 452,6 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 114,1 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravarga ta’minlandi.

Jumladan, ushbu davrda 61,4 mln dollar PVX profillar va trubalar, 30,3 mln dollar alyumin profillar, 67,1 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 33,7 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 26,9 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Fidji, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech