O‘tgan haftada birja savdolarida 214 902 tonna sement sotildi

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 28 iyun – 4 iyul kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 795,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,8% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 84,2% - birja savdolari; 2,3% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 13,0% - elektron davlat xaridlari va 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 797,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 36,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Birjaning sement bozorida ichki talabning o‘sishiga qaramasdan narxlar pasayishni davom etmoqda. O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 350 231,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 214 902,0 tonnasi, ya’ni 61,4% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 43,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 526,1 ming so‘mdan 518,1 ming so‘mgacha, ya’ni 1,5% ga pasaydi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech