“O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayrami davom etmoqda

News image

26 oktabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida “21 oktabr O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hamda mas’ul xodimi, shoira Farog‘at Xudoyqulova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va tarjimon Davron Rajab ishtirok etdilar.

1.jpg

Uyushma ijro etuvchi apparati hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirok etgan uchrashuv g‘oyat qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Baxodirov Azizbek Abdulazizovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga joriy yil 20 oktabrda e’lon qilingan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, uning mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

2.jpg

Tadbirda shoira Farog‘at Xudoyqulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi, shuningdek “Davlat tili haqidagi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020 yil 20 oktabr kuni e’lon qilingan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining tarixiy ahamiyati hamda ko‘zlangan ezgu maqsadlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

3.jpg

4.jpg

Notiq buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning buyuk asarlariga to‘xtalish barobarida, zamonamiz shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusufning ham teran she’rlari hamda insoniy hislatlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga aytib o‘tdi.

5.jpg

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari adabiy-badiiy kitoblar to‘plamini Uyushma kutubxonasiga tuhfa etib, o‘zlarining she’rlaridan ishtirokchilarga o‘qib berdilar.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning turli savollariga notiqlar tomonidan hayotiy misollar keltirilib berilgan batafsil javoblar barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech