- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘zbekiston delegatsiyasi Qobuldagi xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi
17 Nov 2025
238
Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasining taklifiga binoan, joriy yilning 17–23-noyabr kunlari Afg‘oniston Islom Amirligining Qobul shahrida o‘tkazilayotgan "Imom Abu Hanifa — 4-milliy va xalqaro ko‘rgazma va savdo yarmarkasi”da “Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan ishtirok etish maqsadida O‘zbektondan 90 nafar tadbirkordan iborat delegatsiya Qobulga yetib bordi.
Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishdan asosiy maqsad — qishloq xo‘jaligi, konchilik, energetika, ta’lim, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, sog‘liqni saqlash, turizm, to‘qimachilik va boshqa qator yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etishdan iborat.
Ko‘rgazmada 5 000 dan ortiq kompaniyalar – ham ishtirokchi, ham tashrif buyuruvchi sifatida Eron, Qirg‘iziston, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir doirasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etiladi.