- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘zbekiston-Turkiya qurilish materiallari sohasida ishonchli hamkor
4 Jun 2024
201
Bugungi kunda qurilish materiallari sohasida investitsiya dasturi doirasida Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda qiymati 111,4 mln. dollar bo‘lgan 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Joriy yil yanvar-aprel oylarida Turkiya davlatiga 1,8 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi.
Eksport qilinayotgan asosiy turdagi mahsulotlar PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlar - 954 ming dollar, gulqog‘oz mahsulotlari– 514 ming dollar, alyumin profildan yasalgan mahsulotlar – 101 ming dollar, metalla buyumlar– 40 ming dollar va boshqalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, Turkiya davlatidan 12,4 mln. dollarlik qurilish materiallari va xomashyo importi amalga oshirildi. Jumladan, import qilinayotgan asosiy mahsulotlar PVXdan quvur va fitinglar – 3,4 mln. dollar, lok bo‘yoq mahsulotlari – 3,1 mln. dollar, keramik plitkalar – 1,1 mln. dollar, tabiiy pardozbop toshlar – 520 ming dollar va boshqalar import qilinmoqda.