O‘zbekistonda jami 36 ta keramik plitka ishlab chiqaruvchi korxona mavjud

News image

O‘zbekiston o‘zining keramik plitkalari bilan ham dunyoga mashhur. Hozirda mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 10 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizdagi qurilish maydonlariga ham sifatli, zamonaviy keramik plitkalar yetkazib berilmoqda. Ayni paytda respublikamizda jami 36 ta keramik plitka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

photo_2022-09-20_17-57-23.jpg

photo_2022-09-20_17-57-24.jpg

Chilonzor tumanidagi “Orient keramik” MCHJ ham shular jumlasidandir. Korxona kichik sanoat zonasida 3,6 gektar hududda joylashgan bo‘lib, 2019 yil iyul oyida o‘z faoliyatini boshlagan. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bo‘lib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu yerda 270 ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, mas’uliyati cheklangan jamiyat mahsulotlari deyarli 100 foiz mahalliy xom-ashyodan tayyorlanadi. Shu bois, bu yerda ishlab chiqarilgan kafellar xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga chiqarilmoqda.

Ayni paytda korxona mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘i Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

photo_2022-09-20_17-57-25 (2).jpg

photo_2022-09-20_17-57-25.jpg

photo_2022-09-20_17-57-28 (2).jpg

photo_2022-09-20_17-57-28.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech