O‘zbekistonga 10 oyda 1,9 mln. tonna sement import qilingan

News image

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 80,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,9 mln. tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 401,7 ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning 10 oyida oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Tojikiston – 841,8 ming tonna
  • Qirg‘iz R. – 575,3 ming tonna
  • Qozog‘iston – 508,5 ming tonna
  • Eron – 15,2 ming tonna
  • Turkmaniston – 11,6 ming tonna
  • Xitoy – 1,4 ming tonna
  • Rossiya – 1,1 ming tonna
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech