- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi delegatsiyasi xalqaro forumda

24 May 2023
196
Joriy yilning 23 may kuni Rossiya federatsiyasining Kareliya Respublikasida «Karelforum-2023» II-Kareliya xalqaro toshni qayta ishlash forumi boshlandi. Unda 10 ga yaqin davlatlar qatori O‘zbekiston nomidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va tabiiy pardozbop tosh ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.
Forum ishtirokchilar uchun ko‘rgazma ham tashkil etilgan. Shuningdek, tadbir doirasida sanoat korxonalariga sayohat ham tashkil etiladi.
Ushbu xalqaro anjumanMamlakatimizda qazib olingan va qayta ishlangan tabiiy pardozbop toshlarni eksport qilish, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarni o‘zlashtirish, o‘zaro malaka almashish uchun muhim xalqaro tadbir hisoblanadi.
«Karelforum-2023» II-Kareliya xalqaro toshni qayta ishlash forumi davom etmoqda.