“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitildi

News image

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan "Uyushma tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yilning I-yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shu bilan birga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurililish materiallarining jaxon talablariga javob berishi, yirik zavodlar faoliyati, eksport ko‘rsatkchilari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning I yarim yilligida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 4 trln 348,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 121,9 foizni tashkil etdi. Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 3 trln 186 mlrd so‘mlik, kichik biznes korxonalari tomonidan esa 1 trln 162,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Jumladan, 4 mln 978,8 ming tonna sement (o‘tgan yilga nisbatan 120,7 %), 9,77 mln kv.m 2-mm o‘lchamda - qurilish oynasi –(87,6 %), 8,07 mln kv m - keramik plitka – (1,9 baravar), 19,3 mln kv m - gipsokarton – (110,7 %), 74,6 ming tonna - quruq qurilish aralashmalari – (134,6 %), 937 ming o‘ram - oboy – (133,8 %), 62,9 ming tonna - ohak – (2,4 baravar), 84,6 ming tonna -gips –(120,6 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

1.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 867,37 mln dollarlik 39 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 327,6 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 101 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 11,6 mln dollar bank kreditlari va 215 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Xususan, joriy yilda jami 306 mln dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1 625 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan:

Joriy yilning I yarim yilligida 39 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 115,3 mln dollar, shundan 84,3 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shundan umumiy qiymati 5 mln dollar bo‘lgan "Monolith Asia" MCHJ QKda payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi va 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida dastlabki ro‘yxatga asosan 2021 yilning I-yarim yillikda 3 trln 148 mlrd so‘m o‘zlashtirish belgilangan.

2.jpg

E’tiborlisi, hisobot davrida 988 ta loyiha bo‘yicha 4 trln 79 mlrd so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Ushbu davrda qiymati 1 trln 824 mlrd so‘mlik 338 ta loyiha ishga tushirildi va 3722 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi float oyna, sement, bazalt va shisha momig‘idan issiqlik saqlovchi plitalar, bazalt tolasidan kompozit armaturalar, quvurlar va geosetkalar keramogranit, gulqog‘oz, marmar, travertin va granit plitalari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, keramik plitkalar va sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat, DSP kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

2021 yilning I yarim yilligida qurilish materiallari sanoati sohasi bo‘yicha jami 148,8 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 142 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 baravarga ta’minlandi.

Jumladan, ushbu davrda 28,8 mln dollar PVX profillar va trubalar, 15,8 mln dollar alyumin profillar, 27,9 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 15,8 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 9,9 mln dollar sement, 3,6 mln dollar gulqog‘oz kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘onistondan tashqari, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalari tomonidan 2021 yil yanvar-iyun oylarida jami 125,9 mln dollarlik import amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,7 mln dollarga yoki 16 foizga kamaygan.

Import tarkibida, asosan texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlari – 55,5 mln dollar (yoki jamiga nisbatan 44 foiz), xom ashyo va materiallar – 66,8 mln dollar (53 foiz), xizmatlar – 3,4 mln dollar (2,7 foiz) tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021 yilda 17 turdagi 905 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish belgilangan.

3.jpg

2021 yilning I yarim yilligida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 320,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, haqiqatda joriy yilning ushbu davrida 451,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 141 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech