“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

News image

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi.

IMG_0586.jpg

Bunday xayrli amalga sherik bo‘lish maqsadida uyushmaning barcha xodimlari hasharda qatnashishdi. Hashar davomida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosining tashqi va ichki hududi supurilib, yon atrofi chiqindilardan tozalandi. Ko‘chalarga suv sepildi, daraxtlarga shakl berilib, yo‘l atrofidagi barderlar oqlandi.

IMG_0587.jpg

“Bu kabi hasharlar shahrimizni yanada obodonlashtirishda, qolaversa jamoani yanada jipslashtirishda muhim ahamiyatga ega”, - dedi uyushma mutaxassislaridan Umarbek Karimov.

Faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan xayriya hashari “Navro‘z” bayramini nishonlash oldidan tabiatga bo‘lgan e’tiborimizning bir ko‘rinishi, ezgu amallarning yorqin namunasidir.

IMG_0588.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech