“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Obod va ko‘rkam mahallam” umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

News image

O‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Mahalla obodligi-yurt farovonligi” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi.

c4bb2acc9c94ea8165ad49811415ea8b.jpg

Bunday xayrli amalga sherik bo‘lish maqsadida uyushmaning barcha xodimlari hasharda qatnashishdi. Hashar davomida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosining tashqi va ichki hududi supurilib, yon atrofi chiqindilardan tozalandi. Ko‘chalarga suv sepildi, daraxtlarga shakl berilib, yo‘l atrofidagi barderlar oqlandi.

photo_2022-04-30_10-53-01.jpg

“Bu kabi hasharlar shahrimizni yanada obodonlashtirishda, qolaversa jamoani yanada jipslashtirishda muhim ahamiyatga ega”, - dedi uyushma mutaxassislaridan Umarbek Karimov.

Faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan xayriya hashari Ramazon hayiti bayramini nishonlash oldidan tabiatga bo‘lgan e’tiborimizning bir ko‘rinishi, ezgu amallarning yorqin namunasidir.

photo_2022-04-30_10-53-14.jpg

photo_2022-04-30_10-53-15.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech