- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining asosiy vazifalarini bilasizmi?
28 Nov 2024
163
Mamlakatimizda yil sayin iqtisodiyotning asosiy drayverlari bo‘lmish sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yangi yo‘nalishlar, muhim strategik rejalar ishlab chiqilmoqda. Maqsad, Respublika iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, eksport ko‘lamini kengaytirish, sanoat korxonalar sonini oshirish orqali import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish, eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratishdir.
Ushbu ulkan islohotlarni amalga oshirishda albatta uyushmalarning o‘rni judayam muhim. Shu bois davlatimiz tomonidan sanoat tarmoqlarining tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash mexanizmini yanada rivojlantirish, jahon andozalari asnosida faoliyatini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Xo‘sh shu o‘rinda savol tug‘iladi. Uyushmalar tadbirkorlarga nima beradi? Qanday ko‘maklashadi?
Ushbu savollarga javobni qurilish materiallari sanoat korxonalarini birlashtiruvchi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi misolida ko‘rib chiqamiz.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ularga takliflar kiritadi.
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining a’zosi bo‘lish ya’ni tarkibiga kirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Uyushmasi a’zo korxonalariga quyidagi ishlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
1. Investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun monitoring o‘tkazish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning samaradorligini muntazam o‘rganish;
2. Barcha davlat idoralari bilan bo‘ladigan munosabatlarda o‘z vakolati doirasida “Korxonaga” zaruriy yordam ko‘rsatish, uning huquq va manfaatlarini qonuniy usulda himoya etish;
3. Uyushma a’zosi hisoblanmaydigan boshqa korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
4. Zaruratga qarab “Korxona”da biznes faoliyatni tahlil qilish va takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
5. Potensial hamkorlar bilan muzokaralar tashkil qilish;
6. Mahalliy va xalqaro ko‘rgazma, yarmarka, konkurs va tenderlarda ishtirok etishni tashkillashtirish;
7. Reklama kompaniyalarini tashkil qilish hamda Uyushma a’zolari haqida reklama ma’lumotlarini Uyushmaning rasmiy veb-saytidalar axborot nashrlarida joylashtirish;
8. Tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va yangi bozorlarga chiqish maqsadida xorijiy xaridorlarni jalb qilish;
9. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ko‘maklashish, o‘quv kurslarini, hamda kadrlar malakasini oshirish kurslarini, o‘quv treninglar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil qilish;
10. Uyushmaga a’zo korxona xodimlarining Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga tavsiya beradi (Tavsiyaga asosan imtihonsiz suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi).
10. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan “Uyushma” ning vakolati doirasidagi boshqa masalalarni hal qilish.
11. Uyushma ta’sischiligida ochilgan "O‘zqurilishmateriallariLITI" MCHJ Ilmiy tadqiqot va injiniring markazi tomonidan shartnoma asosida siftli, tezkor va arzon narxlarda xizmat ko‘rsatish.
- Ilmiy-izlanish ishlari, jumladan mahalliy xom-ashyo asosida yangi qurilish materiallarni ishlab chiqarishga qaratilgan izlanishlar;
- Loyihalash-izlanish ishlari jumladan sement, ohak, gips, oyna va boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni loyihalashtirish;
- Mavjud ishlab chiqarish korxonalarda yangi samarali texnologiyalarni tadqiq etishni loyihalashtirish;
- Mavjud ishlab chiqarish korxonalarni modernizatsiyasini loyihalashtirish;
- Geologiya-izlanish ishlarini amalga oshirish;
- Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni amalga oshirish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
- Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlab berishda xizmat ko‘rsatish;
- Texnik-iqtisodiy asoslanishlarni, biznes-rejalarni ishlab chiqish;
- Xom-ashyo, qurilish materiallar va konstruksiyalarning laborator tekshiruvlarini o‘tkazish;
- Innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish, innovatsion materiallarni ishlab chiqish;
- 73 turdagi zamonaviy usunalar bilan jihozlangan laboratoriyada 225 turdagi sinov ishlari o‘tqaziladi.
12. Uyushma ta’sischiligida ochilgan “Tog‘-Geologiya Jamlama Ekspeditsiyasi” MCHJ tomonidan shartnoma asosida siftli, tezkor va arzon narxlarda
- Noruda foydali qazilma konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish;
- Geodezik tasvirlash va topografiya ishlarini olib borish (O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tomonidan 2018-yil 26-dekabrda berilgan AE 483-sonli litsenziya asosida);
- Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer uchastkalardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni olishda tadbirkorlardan talab qilinadigan texnik – iqtisodiy asos (TEO) loyihasini ishlab chiqish;
- Kengaytirilgan texnik iqtisodiy hisob (UTER) loyihasini ishlab chiqish;
- Konning ishchi loyihasini ishlab chiqish;
- Kon ajratish loyihasini ishlab chiqish;
- Kon ishlarini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqishni amalga oshiradi.
Ko‘rib turganingizdek, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi soha tadbirkorlarining eng ishonchli va ko‘makdosh hamkori.