“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi shu kunlarda Surxondaryo viloyatidagi sanoat korxonalar faoliyati, amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining bugungi holati bilan joylarga chiqqan holda tanishmoqda.

Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar “korxonabay” usulda to‘liq o‘rganildi, shu bilan birga kerakli tavsiya va ko‘maklar berildi.

2.jpg

Mutaxassislar dastlab Termiz tumanida foydalanishga topshirilgan, “Oravit keramiks” MCHJda bo‘lishdi. Korxonada keramik santexnika jihozlari ishlab chiqariladi. Ishchi guruh korxonadagi barcha bo‘limlarda bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlab chiqarish jarayonlari, xom-ashyo masalasi, endilikda bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalar bo‘yicha taklif va muammolarni to‘liq o‘rgandi. Uyushma mutasaddilari jamiyatning mahsulot turlari, uning sifati, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi. Uyushma vakillari shuningdek, sendvich panellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SURKHON SANDVICH” MCHJda ham bo‘lishdi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlar va sanoat korxonalari mutaxassislari bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z muddatida va sifatli ishga tushirish, mavjud ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, sohaga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, atrof-muhit muxofazasi masalalarining tahlili bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borish va mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olishdi. Uyushma tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhning Surxondaryo viloyatidagi qurilish materiallari korxonalar faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech