OAV vakillari mamlakatimizning eng yirik sement zavodida bo‘lishdi

News image

Bugun Navoiy viloyati hokimiyati va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida "Qizilqumsement" AJda press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Dastlab, OAV vakillari mamlakatimizning eng yirik sement zavodi faoliyati, mahsulot turlari, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Press sayohat davomida jurnalistlar korxonada umumiy qiymati 126 mln dollar bo‘lgan, quvvati 1,8 mln tonna klinkerni tashkil etuvchi qo‘shimcha klinker (4-liniya) ishlab chiqarish investitsiya loyihasini ko‘zdan kechirishdi. E’tiborlisi, qalam axli egalari bu yerda xorijiy mutaxasislar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.

4.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari uchun “Qizilqumsement” AJ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, kelajakdagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

OAV vakillarida jamiyatdagi ish jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

2.jpg

Tadbir so‘nggida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

Ma’lumot uchun, “Qizilqumsement” AJ Respublikada sement ishlab chiqarish bo‘yicha o‘ziga xos o‘rin tutuvchi korxona hisoblanadi. Zavod 1977 yili tashkil etilgan bo‘lib, hozirda sement yo‘nalishi bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Korxona yiligi 3,5 mln tonna yuqori markali sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Zavod zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar bilan jixozlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat tomonidan birinchi chorakda 913 ming tonna sement qurilish maydonlariga yetkazib berilgan. Hududda qurilish klasteri tashkil etilgan bo‘lib, shifer va temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozircha korxona to‘liq quvvatda ishlamoqda va kuniga o‘rtacha 10400 tonna sement ishlab chiqarilyapti.

1.jpg

3.jpg

5.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech