- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- OAV vakillari “O‘zmetkombinat” AJda bo‘lishdi

12 Oct 2021
413
"O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va “O‘zmetkombinat” AJ hamkorligi OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar kombinatda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari bilan yaqindan tinishishdi. Tadbirda o‘ndan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Dastlab, OAV vakillari yiliga 10 ming tonna bazaltdan issiqlik saqlovchi materiallari ishlab chiqarish sexi bilan yaqindan tanishishdi. Press sayohat davomida jurnalistlar mahsulot tayyorlanish jarayonlari, ishchi-xizmatlar uchun yaratilgan sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi. E’tiborlisi, qalam axli egalari bu yerda mutaxassislar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari kombinatning 2-navli prokat va po‘lat simlar ishlab chiqarish sexlarida ham bo‘lib, bu yerdagi ish jarayoni bilan tanishishdi. Mutaxassislar og‘ir sanoatdagi yutuqlar haqida ma’lumotlar berishdi.
Press-tur davomida OAV vakillariga “O‘zmetkombinat” AJda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, kelajakdagi rejalar haqida so‘z yuritildi.
OAV vakillarida jamiyatdagi ish jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘nggida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.
Ma’lumot uchun, “O‘zmetkombinat” AJ qora metallar prokati ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yirik korxona. Ishlab chiqarishni uzluksiz rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash salmoqli hajmlarda eksportga yetkazib berilayotgan yuqori sifatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon yaratmoqda. Ana shular qatoriga po‘lat armaturalar, polosalar, ugoloklar, po‘lat sharlar va simlar, sirlangan po‘lat idishlar, issiqlikni saqlovchi materiallar, ferroqotishmalar, misdan va mis qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, gazsimon suyuq argon va boshqalar kiradi. Kombinat mahsulotlarining barchasi muvofiqlik sertifikatiga ega, korxona sifat menejmenti tizimi Milliy va Xalqaro sertifikatlash tizimida sertifikatlangan.
Elektrda po‘lat eritish sexida 2002 yilda “DSP-100 UMK” po‘lat eritish pechi va «Pech-kovsh» qurilmasining foydalanishga topshirilishi O‘zbekistonda po‘lat eritishdagi yangi bosqich bo‘ldi. Suyuq po‘latni vakuumlash uchun qurilma qurilishi va po‘latga kompleks ishlov berish agregatining rekonstruksiya qilinishi bilan kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari sezilarli kengaydi. Sex 980 ming tonna po‘lat ishlab chiqarish quvvatiga ega.