OAV vakillari qurilish materiallari sanoat korxonalarida

News image

Bugun Navoiy viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida "Navoiy" EIZda qurilish materiallari sanoat korxonalar faoliyati va ushbu yo‘nalishdagi investitsiya loyihalar” mavzusida press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

01.jpg

Dastlab, OAV vakillari “Gazgan Marble Group”MCHJda amalga oshirilayotgan ivnestitsiya loyihasi bilan yaqindan tanishishdi. Press sayohat davomida ushbu loyihaning ahamiyati, yaratiladigan quvvatlar, mahsulot turlari va amalga oshiriladigan rejalar xususida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi. E’tiborlisi, qalam axli egalari bu yerda xorijiy mutaxasislar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.

Shu kuni OAV vakillari mamlakatimizda PVX profillari va PVXdan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mega korxona “Natsional Plast” MCHJda bo‘lishdi. Bu yerdagi ish jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

1.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari uchun “Navoiy” EIZ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda bu yerda amalga oshirilayotgan ivnestitsiya loyihalari, iqtisodiy zonada tadbirkorlar uchun imtiyozlar, transport va logistika xizmati haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘nggida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

2.jpg

3.jpg

4.jpg

5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

10.jpg

11.jpg

12.jpg

13.jpg

14.jpg

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech