OAV vakillari qurilish materiallari sanoat korxonasida

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida "Mega invest industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar bilan bir qatorda, tadbirkorlar va yosh mutaxassislar ishtirok etishdi. Dastlab, tadbir ishtirokchilar korxonaning bazalt toshini qazib olish jarayoni bilan tanishish maqsadida konda bo‘lishdi. Tur davomida yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan innovatsion qurilish materiali va uning xom-ashyo manbasi haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng media vakillari bazalt tolasini ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Bu yerdagi zamonaviy texnologiyalar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birga bazaltdan geosetka va gaz quvurlari ishlab chiqarishni ko‘zdan kechirishdi.

2 photo_2022-09-28_19-47-54.jpg

"Mega invest industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi yangi turdagi qurilish material ishlab chiqarish bo‘yicha nafaqat mamlakatimizda balki, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Korxona yiliga 2500 tonna bazalt tolasi, 3000 tonna bazalt tolasidan armatura ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

3 photo_2022-09-28_19-47-55.jpg

4 photo_2022-09-28_19-48-00.jpg

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, bazalt tolasi va undan qurilish armaturasi ham yurtimizdagi yangi qurilish materiallaridan biridir. Yengil va o‘ta chidamli bo‘lgan ushbu mahsulot o‘zining zamonaviyligi va narxi arzonligi bilan ajralib turadi. Jahon bozorida unga talab juda yuqori. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bazalt (qoratosh) ekologik toza mahsulot bo‘lib, po‘lat armaturaga nisbatan 4 barobar yengil va 3 barobar mustahkam, 2 barobar arzon, tashqi ta’sirlarga o‘ta chidamli va umuman zanglamaydigan qurilish materialidir. Hozirgi kunda ushbu mahsulotga nafaqat Markaziy Osiyodan, balki Yevropa davlatlaridan ko‘plab takliflar kelib tushmoqda.

5 photo_2022-09-28_19-48-00 (2).jpg

6 photo_2022-09-28_19-48-01.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech