- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- OAV vakillari Respublikadagi eng yirik gipsokarton ishlab chiqaruvchi korxonada
26 Nov 2024
158
Farg‘ona viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida "BNBM BUILDING MATERIALS CENTRAL ASIA" MCHJga OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda korxona rahbar va xodimlari, mas’ul mutasaddilar, soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab, korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilari uchun matbuot anjumani etildi. Unda korxona rahbari investitsiya loyihasi, mahsulot turi va sifati, ishlab chiqarish jarayoni va quvvati, eksport salohiyatlari haqida to‘liq ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, "BNBM BUILDING MATERIALS CENTRAL ASIA" MCHJ – 2023-yilda o‘z ishini boshlagan gipsokarton ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, majmua Farg‘ona viloyati “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da joylashgan. Yuqori sifat, texnik va jismoniy afzalliklarning keng doirasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, xaridorga narx va jismoniy xususiyatlar bo‘yicha maqbul bo‘lgan materialni tanlashga zamin yaratadi.
Korxonaning yillik quvvati 50 mln kv.metrni tashkil etadi. Xitoy davlatining zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan, mahalliy aholi uchun 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan. Korxonaning barcha mahsulotlari sertifikatlangan bo‘lib, yuqori sifatga ega va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi. Hozirda bu yerda tayyorlangan mahsulotlar Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda.
Press-tur davomida OAV vakillari gipsokarton xom ashyosi, zamonaviy texnologiyalar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, korxonaning kelgusidagi rejalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Korxona shourumida sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.
E’tiborlisi, shu kuni jurnalistlar bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona hududi ko‘chatlar ekildi.